(GMT+5)
Ишонч
телефони
998 (71) 237-88-85

KOMPANIYA HAQIDA

O’zbekiston Respublikasidagi “O’ztemiryo’lmashta’mir” UK o’z sohasi bo’yicha izchil rivojlanayotgan O’rta Osiyodagi yirik bo’lgan mashinasozlik korxonalaridan biridir.

“O’ztemiryo’lmashta’mir” UK “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tarkibida bo’lib, asosiy korxona bo’lmish “Toshkent teplovoz ta’mirlash zavodi”, “Quyuv – mexanika zavodi”, “Andijon mexanika zavodi”, Pahtaobod filiali shu’oba korxonalarini o’z ichida oladi. Korxonani umumiy xodimlar soni 3 mingdan ortiq.

Toshkent teplovoz ta’mirlash zavodi “O’ztemiryo’lmashta’mir” UK ning bosh korxonasidir.

Korxona ТЭ10 seriyadagi magistral teplovozlari, ТЭМ2 va ЧМЭ3 manyovr teplovozlari, yuk vagonlarini (yopiq vagonlar, yarim ochiq vagonlar, dumpkalar, bitumtashuvchi, sementtashuvchi, 2 qavatli platformalar)ni va maxsus vagonlarni kapital ta’mirlash va xizmat muddatini davom ettirishi uchun qayta tiklashga ixtisoslashgan. Shuningdek, elektr mashinalarini, lokomativlarning g’ildiraklar juftligi, boshqa uzel va agregatlarni ham kapital ta’mirlashni amalga oshiradi.

 Korxona “O’zbekiston temir yo’llari” AJning harakatdagi tarkib va yo’lning yuqori tuzilishining extiyot qismlari, harakatdagi tarkiblarning xizmat muddatiga qoldiq resurslarni aniqlash bo’yicha tashxis ishlariga bo’lgan zaruratini qondiradi.

Bugungi kunda zavod mashinasozlik, metallga ishlov berish, rangli metal quyish, temir-buyum, asbob-uskuna, yag’ochga ishlov berish, rezina-texnik mahsulotar kab ko’p tarmoqli sexlarga ega bo’lgan kata quvvatga ega ishlab chiqarish va ta’mirlash bazasiga ega.

“O’ztemiryo’lmashta’mir” UKning bazasi harakatdagi tarkiblarni kerakli xajmda kapital ta’mirlashga imkon beradi, ta’mirlash xizmatlarining sifati esa amaldagi texnik me’yoriy xujjatlarga mos keladi. Ushbu zavod mustaqillik yillarida temir yo’llarga xizmat ko’rsatish vazifasini o’z zimmasida saqlagan holda “O’zbekiston temir yollari” AJ tarkibiga kirdi.

Valyuta vositalarini tejash maqsadida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Toshkent teplovoz ta’mirlash zavodi oldiga qisqa muddatlarda import o’rnini bosuvchi maxsulotlar ishlab chiqarish vazifasini qo’ydi, natijada ТЭМ2  seriyadagi manyovr teplovozlarini, yo’lovchi vagonlarini, elektrovozlarning g’ildirak juftliklarini kapital ta’mirlash ishlari yo’lga qo’yildi. Ishlab chiqarish yildan yilga oshmoqda, korxona o’z maxsulotlarining turlarini ko’paytirmoqda. Jumladan, mineral o’g’itlarni tashuvchi xopper – vagonlarini moderinizatsiyalsh va ta’mirlash, okateshevozlarni qayta jihozlab sement tashuvchi o’zgartirish, vagon-platformalarini moderinizatsiya qilib sement tashuvchi tayyorlash va xokazo.

Temir yo’llarda tortish turi teplovozlardan elektrovozlarga o’tkazish uchun elektrifikatsiyalash, qayta ta’mirlash va moderinizatsiyalsh borasida zavod ВЛ80с  va ВЛ60К  seriyadagi elektrovozlarni ta’mirlay boshladi. Ushbu dastur ilgari chet el korxonalaridan sotib olinadigan yo’l ustki qurilmalari detallarini tayyorlash o’zlashtirish vazifasini talab qiladi. Bundan tashqari, teplovoz va vagonlarni ta’mirlashda kerakli detallar import xajmini qisqartirish maqsadida lokomativ va vagon kolodoklarini, gorizantal skolzunlar, prujinalar, D50 va D100 dizellari vkladishlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi va hajmi oshirildi.

Bozor sharoitida yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan doimiy xo’jalik aloqalari korxonasi har yili ishlab chiqarish hajmining o’rtacha 20 % barqaror o’sib borishiga imkon beradi. Mehnat unumdorligining har yili o’sib borishi, og’ir mehnat talab qiladigan jarayonlarning ratsionalizatsiyalashtirilishi va mexanizatsiyalashtirilishi tufayli zavod nafaqat UTY AJ talabini to’laligicha qondiradi balki qo’shni Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalariga ta’mirlash xizmatlarini ko’rsaib kelmoqda.

Zavod tasarrufida bolalarni sog’lomlashtirish lageri, trenajyo’r zaliga, suzish basseyniga, sportzal, sauna va yuvinish xonalariga ega jismoniy – sog’lomlashtirish kompleksi mavjud.

Sog’lomlashtirish punkti, 430 kishilik klub, zavod tarixi muzeyi, ko’rgazmalar zali va oshxona ham mavjud.

Toshkent teplovoz ta’mirlash zavodi o’z tarixining ikkinchi yuz yilligiga O’zbekiston iqtisodiyotiga o’z imkoniyatlarini to’liq yangilagan xolda ta’sis korxonalardan biri sifatida kirib keldi.

Разработка сайта: ALT