(GMT+5)
Ишонч
телефони
998 (71) 237-88-85

«Burchi-Mullo» oromgohiga hush kelibsiz

      Bizning oromgohimiz Burchi Mullo tog'darasida joylashgan. Oromgoh juda ixcham, atrofi yam-yashil, barcha shart-​​sharoitlar yaxshilangan va zamonaviy jihozlangan, oromgohda kuniga 4 mahal 4 xil taom bn ta'minlaydi. Oromgoh 320 nafar bolaga mo'ljallangan bo'lib, oromgohda 7 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar qabul qiladi. Oromgoh har bir smenasi 11 kundan iborat.
               
      Bolani yozgi oromgohga jo'natayotganda, ota-onalar farzandlarining sumkalarini quydagi narsalar bo'lishi kerak: gigiena to'plami; tadbirli kunlar uchun kerakli kiyim miqdori; Yubka yoki shortik; Sport poyafzallari, kepka va kostyum; Plyaj va hovuz uchun poyafzal va kiyimlar to'plami; Issiq sviter yoki kurtka; Yomg'irli va nam ob-havo uchun poyafzal; Xona tapichkasi; burun uchun ro'molchalar.

           

Lager rahbariyati sog'lom avlodni tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratgan.


- Bolalar uchun qulay sharoitlar;

- Zamonviy ovqatlanish xonasi, kuniga 4 xil taom 4 mahal;

- Bolalar maydonchasi toza xavoda o'yinlari uchun ;

- Futbol maydoni; Suzish havzasi; Stadion; Tibbiyot xodimlarning 24 soatlik navbatchiligi;

- Barcha tadbirlari uchun ochiq maydon; 24 soat xavfsizlik tizimi. - Sakkizta uy-joy:     

Biz bu erda katta oilamiz. Oromgohda amalga oshirilgan barcha ishlar sog'lom avlodni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalashga qaratilgan. Shuningdek, to'garaklar qiziqarli darsliklar davra suhbatlari o'tkaziladi, bolalar o'zlari quvonch bn ishtirok etishadi, bolalar chizishni, ingliz tilida qo'shiq aytishni o'rganadilar hamda ishtirok etishadi. Bolalar uchun raqs energiyasimi kuchaytirish uchun har bir smenaga eng yaxshi xoreograflar taklif etiladi Toshkentdagi. Oromgoh kutubxonasida ko'plab bolalar adabiyoti mavjud va kitoblarga boy. Bolalarga bizning oromgohimiz juda juda yoqanligi sababli ular yana va yana kelishadi.

        To'garaklar:

1. Ingliz tili                                            7. To'qish  to'quvchilik

2. «Ma'naviyat va Ma'rifat»                  8. Yumshoq o'yinchoq tikish to'qish

3. Kutubxona                                       9. Karaoke

4. Rasm chizish                                 10. Mohir qo'llar

5. Biser tikish to'qish                          11. Sport to'garaklari

6. Yosh muxbir                                                           


Oromgohda quyidagi tadbirlar o'tkaziladi:


1. Tanishuv, diskoteka "Do'stlik"

2. "Zo'r-Zo'r" Burchi-Mullo ko'rik-tanlovi "

3. "o'qituvchini biling" tanlovi

4. "Точь в точь" - mashhur qoshiqchilarning parodiya

5. "Sog'lom avlod" asfaltidagi chizmalar

6. Sportakiada ochilishi. O'yin-kulgilar qiziqarli, sport raqsi, piramida. Shaxmat, shashka, bo'yicha chempionat, 30-60 metrga yugurish, uzinlikka va joyidan turib sakrash, skakalkada sakrash, suzish.

7. sepkil va bantiklar tanlovi.

8. "Sog'lom bo'ling" marafoni

9. "Dunyo raqsi" tanlovi

10. Taklif etiladilar:  Temir yo'lchilar saroyining "Серпантин" Operetti musiqali teatri, sirk ijrochilari.

11. Tug'ilgan kun.

12. Neptunning tug'ilgan kuni

13. "Yosh qutqaruvchi" aktsiyasi.
Разработка сайта: ALT